Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tabiiy gaz qazib oluvchi mamlakatlar ro‘yxatida nechanchi o‘rinda ekanini bilasizmi? (infografika)

O‘zbekiston tabiiy gaz qazib oluvchi mamlakatlar ro‘yxatida nechanchi o‘rinda ekanini bilasizmi? (infografika)

Foto: eastrussia.ru

Tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha mamlakatlar reytingi neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti — OPEC (The Organization of the Petroleum Exporting Countries) rasmiy ma’lumotlari asosida tuzilgan bo‘lib, «OPEC jahon energetikasi statistik byulleteni 2017»da chop etilgan.

Jahon bo‘yicha tabiiy gaz qazib olishda AQSh, Rossiya, Eron, Qatar, Kanada, Xitoy, Norvegiya, Saudiya Arabistoni, Jazoir, Turkmaniston va Indoneziya  yetakchi mamlakatlar sanaladi — ularning jami ulushi 70 foizga teng.

«Moviy energiya»ning insoniyat taraqqiyoti-yu turmushi farovonligida tutgan o‘rnini ta’riflash ortiqcha. Unga oshib borayotgan talab sur’atda saqlanib tursa jami tabiiy gaz zaxiralari yana 65 yilga yetishi mumkinligini OPEC statistikasi ko‘rsatmoqda. 

Mazkur statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston tabiiy gaz qazib oluvchilar reytingida 14-o‘rinni, uni iste’mol qiluvchilar reytingida 19-o‘rinni band etgan.

Tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha mamlakatlar reytingi
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring