Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Navro‘z arafasida 50 foizgacha chegirma joriy qiladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Navro‘z arafasida 50 foizgacha chegirma joriy qiladi

Foto: «Sputnik»

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Navro‘z bayramini nishonlash kunlarida yo‘lovchilar uchun chegirmalar joriy etildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, joriy yil 18 martdan 22 martgacha mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarda (shu jumladan, yuqori tezlikda harakatlanadigan «Afrosiyob» poyezdlarida) oilaviy, jamoa, talabalar, o‘quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo‘l chiptasining tarif qismidan 50 foizgacha chegirma joriy qilindi.

Bu fuqarolarning dam olish kunlarida qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq «O‘zbekiston havo yo‘llari» Navro‘z bayrami munosabati bilan ichki yo‘nalishlarga 30 dan 50 foizgacha chegirma e’lon qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring