Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston - Turkmaniston chegarasida turkman bojxonachilari va politsiyachilari mushtlashdi

O‘zbekiston - Turkmaniston chegarasida turkman bojxonachilari va politsiyachilari mushtlashdi

Foto: Xroniki Turkmenistana

16 noyabrda O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasida turkman bojxonachilari va politsiyachilari o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Hodisa Turkmanistonning Dashoguz viloyatiga qarashli Shavat chegara o‘tish joyida sodir bo‘lgan.

Bojxonachilar va politsiyachilarni ajratish uchun Turkmaniston milliy xavfsizlik vazirligi xodimlarini safarbar etishga to‘g‘ri keldi. «Xroniki Turkmenistana» tomonidan xabar qilinishicha, ushbu chegara o‘tish joyida Turkmaniston tarafida har kuni bir necha yuz odam to‘planib qoladi. Odamlar navbatda turib qolmaslik uchun tanish politsiyachilarni qidirishi yoki pul evaziga navbatsiz o‘tib ketish harakatini qilishi aytilgan.

Janjal kelib chiqqan kuni chegaradan o‘tmoqchi bo‘lgan odamlar odatdagidan ko‘proq bo‘lgan. Mojaro avvalo navbatda turgan odamlar orasida kelib chiqqan. Politsiyachilar (6-8 nafar) bojxonachilarni sekin ishlashda ayblagan. Ular esa o‘z navbatida politsiyaning vazifasi tartibsizlik keltirib chiqarish emas, balki navbat tartib bilan amalga oshirilishini ta’minlash ekanini eslatgan.

Ish mushtlashuvga qadar yetib borgan. Komandirlar janjalni bartaraf eta olmagach maxsus xizmat vakillariga murojaat etishga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring