Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston U-23 murabbiyi Tojikistonga qarshi kechgan o‘yinni «fantastik», deb atadi

O‘zbekiston U-23 murabbiyi Tojikistonga qarshi kechgan o‘yinni «fantastik», deb atadi

Фото: «Olympic.uz»

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich Osiyo chempionati saralashida Tojikistonga qarshi kechgan bahsdan so‘ng (0:0) o‘z jamoasi o‘yiniga yuqori baho berdi. Bu haqida Xabar.uz muxbiri xabar berib o‘tdi.

— Bugungi uchrashuvdan ko‘nglim to‘ldi. Agar qaysidir jamoa g‘alaba qozonishi kerak bo‘lsa, u ham biz bo‘lardik. Futbolchilardan minnatdorman va xursandman.

Biz ikki oy davomida mana shu ikki o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik. Birinchi o‘yinda (Hindistonga qarshi kechgan bahs — 3:0) uchta gol urdik. Bugun gol ura olmagan bo‘lsak ham, yaxshi o‘ynadik. Tojikistonga qarshi fantastik o‘yin o‘tkazdik.

Osiyo chempionatiga qadar ko‘p vaqt bor va tarkib o‘zgarishi mumkin. Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, avvalgi natija (chempionlikni) takrorlamoqchimiz. Asosiy maqsad esa - olimpiadaga chiqish.

Bu yog‘iga endi faqat FIFA kunlari yig‘ilamiz. Boshqa vaqtda esa futbolchilar o‘z klubida o‘ynagani ma’qul.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring