Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston adliya vazirlari o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston adliya vazirlari o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining delegatsiyasi IX Sankt-Peterburg xalqaro huquqiy forumida ishtirok etmoqda. Forum ishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Mana shunday uchrashuvlardan yana biri joriy yilning 16-may kuni bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov  Qozog‘iston Respublikasi adliya vaziri M. Beketayev bilan uchrashdi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 O‘zbekiston Adliya vaziri Qozog‘iston adliya vaziriga 2019-yilning 25-27-aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan  «Toshkent huquq bahori» xalqaro yuridik forumi haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, R. Davletov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri  Davlat xizmatlari agentligining faoliyati hamda  vasiyatnomalar, bitimlar, ariza va boshqa hujjatlarni  imzolash jarayonida  notariuslar audio va videofiksatsiyasining majburligi haqida ham so‘zlab berdi.  

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining qaroriga muvofiq, Intellektual  mulk agentligi  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimiga o‘tkazilgani haqida xabardor  qildi va  bu borada Qozog‘iston tajribasini o‘rganishdan maanfaatdorligini bildirdi.

O‘z navbatida, Qozog‘iston Respublikasi adliya vaziri M. Beketayev ham  mamlakatdagi konstitutsiyaviy islohotlar, xususan, vazirlarni tayinlash sohasidagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirdi. Shu bilan birga  Jahon banki  loyihalarini  amalga oshirish va o‘zlashtirishdagi tajribasi  bilan o‘rtoqlashdi.

M. Beketayev R. Davletovni Nur-Sulton shahriga  taklif etdi va yozda Toshkentga tashrif buyurishni  rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan barcha  sohalarda hamkorlikni  rivojlantirishga kelishib oldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasining Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan IX xalqaro yuridik forumidagi ishtiroki davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring