Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston kosmik sohada hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston kosmik sohada hamkorlik qiladi

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 2019 yil 21 iyun kuni o‘z ishini yakunlagan navbatdagi 18 yig‘ilishida Komissiya ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning joriy holati va istiqbollari, jumladan, kosmos sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Tomonlarning ma’lumotlarini ko‘rib chiqdi.

22 iyun kuni AKT Vazirligida hamkorlikning aynan mazkur yo‘nalishi Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va ayerokosmik sanoati vaziri o‘rinbosari M. Nurgujin bilan muhokama etildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Q. Yuldashev mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston Respublikasida kosmik sohani tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

O‘z navbatida, Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va ayerokosmik sanoati vaziri o‘rinbosari M. Nurgujin Qozog‘istondagi kosmik soha va ushbu yo‘nalishdagi istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va axborot almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring