Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari nimalarni muhokama qilishdi?

O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari nimalarni muhokama qilishdi?

Joriy yilning 22-iyun kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin raisligida o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston — Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlariga yuqori baho berilgan.

«Ushbu barcha faol aloqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga bo‘lajak davlat tashrifining kun tartibi mazmunini boyitishga xizmat qilmoqda», deyiladi xabarda.

Hukumat rahbarlarining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.

Pandemiyaga qaramay, yil boshidan o‘zaro savdo sur’atlarining o‘sishi ta’minlangan. Joriy yilning o‘tgan davrida tovar aylanmasi hajmi 15 foizga oshdi.

Ikki mamlakat prezidentlari tomonidan hukumat rahbarlari zimmasiga yaqin davrda tovar aylanmasini 10 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Ikki tomonlama savdo hajmining barqaror o‘sishi ta’minlansa, ushbu natijaga erishish mumkin.

Yig‘ilishda transport, ta’lim, tibbiyot, tashqi mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish masalalari ham muhokama qilingan.

Yig‘ilish yakunlari yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan 10 dan ortiq hujjatlar imzolangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring