Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Registon majmuasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Registon majmuasiga tashrif buyurdi

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Registon majmuasiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarga majmuadagi uch muhtasham obida – Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalarining tarixi, mustaqillik yillarida bu yerda olib borilgan ishlar haqida so‘zlab berildi. O‘zbekistonning me’morchilik an’analari, qadimiy obidalarning mustahkamligi, Tillakori gumbazining naqshinkor jilolari Emomali Rahmonda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Registon maydonida esdalik uchun suratga tushdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring