Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston vakili BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat boshladi

O‘zbekiston vakili BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat boshladi

Foto: Google.com

2019 yilning 28 cyentyabrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi qarorgohida O‘zbekistonning doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi Umumiy munozaralar yalpi majlisida raislik qildi.

4 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasida O‘zbekiston ilk bor sessiya raisi o‘rinbosari lavozimiga saylangan va mazkur vazifada 74-sessiya yakunlanadigan 2020-yilning sentyabr oyigacha faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylanishi mamlakatimizning turli sohalardagi, jumladan Bosh Assambleya tomonidan Markaziy Osiyo bo‘yicha hamda ma’rifat va diniy bag‘rikenglik bo‘yicha tarixiy qarorlar qabul qilinishi, BMT shafeligida Orolbo‘yi uchun Ko‘psheriklikdagi Trast fond tashkil qilinishi bo‘yicha sa’y-harakatlarning xalqaro miqyosda tan olinishidan darak beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring