Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston vakili BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga o‘rinbosar etib saylandi

O‘zbekiston vakili BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga o‘rinbosar etib saylandi

Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy guruhiga a’zo davlatlar O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili nomzodini 2022 yil uchun BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi byurosi tarkibi IHK raisi hamda uning turli geografik guruhlardan saylangan to‘rtta o‘rinbosaridan tashkil topgan.

O‘zbekistonning doimiy vakili nomzodi ko‘rsatilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi BMT IHK tizimidagi eng yiriklardan biri hisoblanadi. Guruhda 56 ta davlat bor.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekiston 2021-2023 yillar mobaynida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining to‘laqonli a’zosi etib saylangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring