Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston yana 22 davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etadi

O‘zbekiston yana 22 davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etadi

O‘zbekiston yana 22 davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda. Mazkur loyiha Vazirlar Mahkamasida muhokama qilinmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxo‘jayevga asoslanib  «Gazeta.uz» xabar berdi.

Hozirda O‘zbekiston 18 davlat bilan vizasiz rejim o‘rnatgan. Rossiya, Gruziya kabi davlatlar bilan ikki tomonlama vizasiz tizim yo‘lga qo‘yilgan.

Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yilning yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekistonga kelgan xorijiy mamlakat fuqarolari soni 2017-yilning shu davriga nisbatan deyarli 2 barobarga oshib, taxminan 4,4 million kishini tashkil etgan.

Joriy yilning mart oyida Tojikiston, oktyabrda esa Fransiya fuqarolari O‘zbekistonda vizasiz yurish huquqini olgan edilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring