Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston yangi tashqi internet kanallariga ulanadi

O‘zbekiston yangi tashqi internet kanallariga ulanadi

O‘zbekiston internet tezligini to‘rt barobarga oshirish va tarmoqqa ulanish narxlarini pasaytirish uchun tashqi internet kanallariga ulanadi. Bu haqda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Olimjon Umarov 11-yanvar kuni «Taraqqiyot strategiyasi» Markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz»

Uning so‘zlariga ko‘ra, raqobat muhiti bo‘lmagani sababli internetga ulanish narxlari juda yuqori bo‘lgan. Hozirda O‘zbekiston Qozog‘iston va Rossiya orqali o‘tuvchi shimoliy internet-kanallariga qaram.

«Prezident qo‘shimcha muqobil kanallar ochish vazifasini qo‘ydi. Hozirda biz janubiy yo‘nalish — Turkmaniston va Eron, Qirg‘iziston va Xitoy orqali [уни ташкил этиш] masalasini ishlab chiqmoqdamiz», — dedi Olimjon Umarov.

Yil oxiriga qadar tanlangan mamlakatlar milliy operatorlari bilan kanallarni sotish va ijaraga olish bo‘yicha bitimlarni imzolash rejalashtirilmoqda.

«Bu shimoliy yo‘nalishdan voz kechishimizni anglatmaydi, shunchaki aholi ehtiyojlarini qoplash mumkin bo‘lgan qo‘shimcha kanallar ochiladi», — dedi vazir o‘rinbosari.

Mavjud kanallarning saqlanishi va yangilariga ulanish nafaqat internet tezligini oshirish, balki unga ulanish narxlarini pasaytirish, raqobat muhitini yaratishga imkon beradi, deya ta’kidladi Olimjon Umarov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring