Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Qurolli kuchlar tizimidagi Respublika yetakchilari kengashi raisi saylandi

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Qurolli kuchlar tizimidagi Respublika yetakchilari kengashi raisi saylandi

Foto: Mudofaa vazirli matbuot xizmati

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi «Yoshlar oromgohida» O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan O‘zbekiston Qurolli kuchlari tizimidagi yetakchilar kengashi raislari va boshlang‘ich tashkilotlari yetakchilari bilan uch kunlik o‘quv-seminar mashg‘ulotari tashkil etildi.

Ushbu yig‘inda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda Davlat bojxona qo‘mitasidan jami 241 nafar harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

O‘quv-seminar doirasida sportning futbol va voleybol turlari bo‘yicha chempionat o‘tkazildi. «Zakovat» intellektual o‘yini ham yuqori saviyada tashkil etildi. Sport musobaqalarining yakuni bo‘yicha birinchi o‘rin Mudofaa vazirligi jamoasiga nasib etdi.

Shuningdek, yig‘in doirasida Qurolli kuchlar tizimidagi respublika yetakchilar kengashi raisi saylandi. Unga ko‘ra Mudofaa vazirligining yetakchilar kengashi raisi mayor Sardorbek Abdusamatov eng ko‘p ovoz to‘plab, bir yillik faoliyat uchun ishonch yorlig‘ini qabul qilib oldi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring