Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 14ta futbol akademiyasi tashkil qilindi

O‘zbekistonda 14ta futbol akademiyasi tashkil qilindi

Foto: «Sports.uz»

«Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar negizida bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari tashkil etiladi.

Respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarning vazifalari etib, futbol bo‘yicha yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni saralab olish tizimini yo‘lga qo‘yish, ularni o‘qitish, tarbiyalash va individual xususiyatlarini rivojlantirish, futbol sohasidagi sport qobiliyatini shakllantirish belgilangan.

Respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar qobiliyatli yosh futbolchilarni tanlab oluvchi va tayyorlovchi, maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Respublika akademiyasi o‘quvchilarining umumiy kontingenti 132 nafar, har bir hududiy akademiyaning umumiy kontigenti 154 nafarni tashkil etadi.

Respublika akademiyasiga hududiy akademiyalarning o‘quvchilari orasidan eng iqtidorli va belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab har yili 7-sinfga qabul qilinadi.

Hududiy akademiyalarga belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan iqtidorli o‘quvchilar 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring