Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda 15 mingga yaqin ko‘prik ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani aytildi

O‘zbekistonda 15 mingga yaqin ko‘prik ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani aytildi

O‘zbekistonda mavjud 14 446 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichning 5 476 tasi ta’mirtalab holatda. Bu haqda AOKA o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida  «Ko‘prikqurilishfoydalanish» Unitar korxonasi rahbari Anorboy Annaqulov ma’lum qildi.

Unitar korxona faoliyati davomida umumiy uzunligi 140 km dan ziyod 1424 ta ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich va tonnel qurib bitkazilgan. Umumiy uzunligi 13 km li 270 ta sun’iy inshoot barpo etilgan.

Xatlov natijalariga ko‘ra respublika hududidagi mavjud ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarning umumiy soni 14 446 donani tashkil etadi.

Ushbu ko‘priklarning texnik holati vizual o‘rganilganda 5 476 tasi ta’mirtalab ekanligi aniqlandi.

Ta’kidlash lozimki, aksariyat ta’mirtalab ko‘priklar ancha oldin qurilgan bo‘lib, ushbu ko‘priklarning bugungi kunda yuk transport vositalarini ko‘tarish qobiliyatiga mos kelmaydi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan 2020-yilda 100 dan ortiq ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarni ta’mirlash ishlari bajarilib foydalanishga topshirildi.

2021-yilda ushbu ko‘rsatkichlarni bir baravarga ko‘tarish rejalashtirilgan bo‘lib, 200 dan ortiq yo‘l ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur ta’mirtalab va yaroqsiz ko‘priklarni ta’mirlash ishlari uchun dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra jami 16,0 trln.so‘m miqdorda mablag‘ talab etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring