Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari narxi 30 foizgacha oshiriladi

O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari narxi 30 foizgacha oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida alkogol mahsulotlarining yangi eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarini tasdiqlash qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra, 2019-yilning 1-yanvaridan ishlab chiqaruvchilar uchun 1 litr vinoning eng kam ulgurji-sotish narxi 8000 so‘m (hozirda 6500 so‘m), eng kam chakana narxi esa 9600 so‘m (hozirda 7800 so‘m) etib belgilanadi.

Konyakning eng kam chakana narxi hozirgi 26400 so‘mdan 34 600 so‘mga, ulgurji-sotish narxi esa 22 000 so‘mdan 29 000 so‘mga oshiriladi.

Aroq va o‘tkir alkogol mahsulotlari uchun ulgurji-sotish narxi 1 litr tayyor mahsulot uchun 19 400 so‘m (hozirda 16 000 so‘m), chakana narxi esa 23 200 so‘mga (hozirda 19 200) oshadi.

Qaror loyihasi joriy yilning 27 dekabr sanasigacha davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring