Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshdi

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshdi

O‘zbekiston 2019-yilning yanvar-aprel oylarida 79,61 mingdan ziyod yengil avtomobillar ishlab chiqardi, bu esa 2018-yilning shu davriga nisbatan 49,6 foizga ko‘pdir, deb xabar bermoqda «O‘zA».

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yuk avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi hisobot davrida 2 karra ortgan va 1719 donani tashkil etgan.

O‘zbekiston 2019-yilning yanvar-aprel oylarida 593 dona avtobus ishlab chiqargan, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,1 marta ko‘pdir.

Avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilishi hajmi 2019-yilning yanvar-aprel davrida 63,76 ming donani tashkil qilgan. 2018-yilning yanvariga taqqoslaganda, bu ko‘rsatkichda o‘sish 56,4 foizni tashkil etgan.

2019-yilning yanvar-aprel oylarida traktorlarni ishlab chiqarish hajmi 164 donani tashkil etgan, bu esa 2018-yilning xos davriga nisbatan 79,7 foizga kamdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring