Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda berilgan eng katta pora miqdori ma’lum qilindi

O‘zbekistonda berilgan eng katta pora miqdori ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova pora olish bilan bog‘liq jinoyatlar tahlili haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilda 91 ta pora olish jinoyati sodir etilgan bo‘lib, ularning 49 tasi birinchi darajali rahbar, 8 tasi rahbar o‘rinbosari, 34 tasi ijrochi va texnik xodim ishtirokida bo‘lgan (77 nafari erkak, 14 nafari ayol).

Sohalar kesimida tahlil qilinganda, 91 ta pora olish jinoyatidan 20 tasi ichki ishlar (8 tasi yo‘l harakati xavfsizligi), 12 tasi maktabgacha ta’lim, 10 tasi hokimlik, 6 tasi harbiy, 6 tasi qishloq xo‘jaligi, 4 tasi xalq ta’limi, 4 tasi qurilish, 3 tasi kommunal xizmat (elektr, gaz, suv) va 26 tasi boshqa sohalar hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Eng ko‘p pora miqdori 2 mln. AQSh dollarini, eng kam pora miqdori 50 AQSh dollari bo‘lsa, o‘rtacha pora miqdori 37 819 AQSh dollarini tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring