Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda birinchi bor: «Mobicon 2018» doirasida «YouTube» vakili Samson Bezmyatejniy chiqish qiladi

O‘zbekistonda birinchi bor: «Mobicon 2018» doirasida «YouTube» vakili Samson Bezmyatejniy chiqish qiladi

Foto: «Mobicon.uz»

11-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan «Mobicon 2018» mobil konferensiyasi doirasida O‘zbekistonda birinchi bor «YouTube» vakili Samson Bezmyatejniy ishtirok etadi. Samson Bezmyatejniy «Genesis YouTube Qazaqstan&Central Asia» rahbaridir.

Samson Bezmyatejniy «YouTube»ning Qozog‘iston, Markaziy Osiyo va dunyo mamlakatlarida rivojlanishi, sohadagi so‘nggi trendlar haqida so‘zlab, ushbu videoservisda qanday qilib o‘z kanalingizni rivojlantirishingiz mumkinligi haqida maslahatlar beradi.

Hozirda «YouTube» Markaziy Osiyo mamlakatlarida, xususan, O‘zbekistonda ommaviylashmoqda. Mamlakatimizda «YouTube»dagi roliklar ko‘rilishi soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekistonda blogerlar sonining o‘sishi bilan bog‘liq. Hozirda ayrim «YouTube» kanallarning obunachilari soni 500-600 mingga yetgan.

Shu munosabat bilan «Mobicon 2018» konferensiyasida asosan «YouTube»da kanallariga ega bo‘lgan videoblogerlar chiqishi kutilmoqda. Ishtiroki rejalashtirilgan blogerlarning to‘liq ro‘yxati bilan rasmiy saytda tanishish mumkin.

«Mobicon 2018» konferensiyasi, an’analarga sodiq qolgan holda, faqat bir kun — 11-oktyabrda «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida o‘tkaziladi. Tinglovchi sifatida ishtirok etish — bepul.

Taklifnomani qo‘lga kiritish uchun tadbirning rasmiy Telegram-kanalida ro‘yxatdan o‘tish kerak. Konferensiyadan uch kun avval Telegram-kanalning barcha a’zolariga elektron taklifnoma jo‘natiladi. Mazkur taklifnoma bilan konferensiya o‘tkazilayotgan binoga kirish mumkin.

Tadbir tashkilotchisi — «Ledokol Group» media agentligi. «Ledokol Group», «Mobicon»dan tashqari, 2011-yildan «USENET» internet-konferensiyasi tashkilotchisi hisoblanadi.

Anjuman homiylari: «CLICK» elektron to‘lov tizimi, «MacCoffee» savdo belgisidan «Cafe PHO» hamda rasmiy mobil homiy — «MEIZU» kompaniyasi. Shuningdek, tadbirning IT-homiysi «WebNow», Event-ko‘mak — «Unique Present», SMM-hamkor — «Africa» agentligi.

Bu yilgi konferensiya ham bir paytning o‘zida ikkita anjuman zalida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlari uchun kerakli spikerlarni tanlab, ularni eshitish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring