Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Birinchi ochiq keys-chempionat boshlanmoqda!

O‘zbekistonda Birinchi ochiq keys-chempionat boshlanmoqda!

O‘zbekistonda Birinchi ochiq keys-chempionat o‘tkaziladi. Musobaqada ishtirok etish uchun yosh va ta’lim darajasi bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q.

Shuningdek, tajriba va kasbiy malaka talabisiz ham chempionat ishtirokchisi bo‘lish mumkin. Eng muhimi — bepul!

Ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etgan holda, muammolarga yechim topib, milliy chempionatda g‘olib chiqishlari va mamlakatni xalqaro miqyosda himoya qilishlari mumkin. Arizalar http://qabul.bfa.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.

Nomzodlar jamoada samarali ishlash, notiqlik, taqdimot ko‘nikmalari, tahlil qilish va sintez qilish, innovatsion yechimlarni topish qobiliyatlarini namoyish etishlari kerak.

Chempionat g‘oliblariga Bank-moliya akademiyasida bakalavr bosqichida 3-kursdan yoki 12 oylik magistratura dasturida o‘qishni davom ettirish taklifi beriladi. Agarda muammolar yechimini topishda tajribangiz yetarli bo‘lsa, o‘qishni davom ettirish va boshqa davlat diplomini olishni istamasangiz, sizga BMA maxsus kurslari va Akademiya tadbirlariga kirish huquqini beradigan g‘oliblik sertifikati beriladi.

Bu yildan BMAda bank ishi va moliya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va biznes boshqaruvi magistri (VVA va MVA) darajasini beruvchi yangi mutaxassisliklar ochilmoqda. Ta’lim eng yaxshi jahon biznes maktablarining materiallaridan foydalangan holda uch tilda olib boriladi. Magistrlar 12 oyda o‘qishni tugatadilar va iqtisodiy samara beradigan real biznes loyihalarini himoya qiladilar.

Mutaxassislik bo‘yicha yana bir yangi diplom — moliya va moliyaviy texnologiyalar IT va moliya sohasida o‘qitiladigan mutaxassislarga beriladi, ular kelajakda dasturiy mahsulotlar mualliflari, mobil ilovalar, startaplarning asoschilari — O‘zbekistondagi birinchi IT-millionerlardir.

«Davlat granti, korxonalar granti va kontrakt bo‘yicha 600ga yaqin talabalarni bakalavr va magistr darajalarga o‘qitish rejalashtirilmoqda», — deydi bu borada akademiya prorektori v.v.b., iqtisod fanlari doktori Zafar Berdinazarov.

Tanlov to‘liq masofaviy o‘tkazilib, pandemiya davrida talabalarning sog‘ligiga hech qanday havf tug‘dirmaydi.

Yangiliklarni https://t.me/bfauz orqali kuzatib boring

Savol va murojaatlar uchun: @BFA_uz_bot

Sharhlar va suhbat uchun: https://t.me/BFA_General

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring