Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda bolalar huquqlari holati tahlil qilinadi

O‘zbekistonda bolalar huquqlari holati tahlil qilinadi

Xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

Tez orada BMT Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarining bajarilishini tahlil etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasida Tashkiliy guruhning dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tadbirga tayyorgarlik ishlarining borishi muhokama qilindi.

Uchrashuvda ta’kidlanishicha, Mvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishida BMT Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarining bajarilishi bo‘yicha Milliy harakatlar dasturi tahlil etiladi. Bu jarayonda qirqqa yaqin davlat tashkiloti va xorijiy hamkorlar  ishtirok etishi kutilmoqda. Xotin-qizlar qo‘mitasi ushbu tadbirdan so‘ng O‘zbekistonda bolalar huquqlari ta’minlanishi borasida tashkilotlararo ijtimoiy hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarilishiga umid qilmoqda.

Qo‘mita axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishining kun tartibidan, shuningdek, migrant oilalar farzandlarini himoya qilishning eng muhim jihatlari muhokamasi ham o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring