Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda endi tomorqachilarga ham pensiya beriladi

O‘zbekistonda endi tomorqachilarga ham pensiya beriladi

Foto:«Хalq so‘zi»

 O‘zbekistonda 2018-yil 1-iyuldan boshlab tomorqachilarga pensiya beriladi.  Bu haqda «Zarafshon» nashri xabar berdi.

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Abdurashid Rahimov nashrga bergan intervyusida O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 26-apreldagi «Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan endilikda tomorqasidan samarali foydalangan fuqarolar pensiya yoshiga yetgach, muammoga duch kelmasligini aytgan.

«Chunki mazkur qaror ijrosiga ko‘ra, 2018-yil 1-iyuldan boshlab dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga yiliga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida sug‘urta badali to‘lasa, ularning kelajakda pensiya ta’minoti mavjudligi ta’minlanadi», - deb ta’kidlagan Rahimov.

Shuningdek, qo‘shimcha qilinishicha, 2018-yil 1-iyuldan boshlab fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tizimida ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘liq to‘lanishi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring