Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda eng qimmat mol go‘shti Jizzaxda, qo‘y go‘shti Termizda sotilmoqda

O‘zbekistonda eng qimmat mol go‘shti Jizzaxda, qo‘y go‘shti Termizda sotilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettirdi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 9-iyun holatidagi narxlari

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan– 42 000 so‘mgacha


Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi.

Ushbu bozorda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan - 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Jizzax shahri, markaziy dehqon bozori hamda dehqon bozorida qayd etilgan – 32 000 – 42 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

32 000 so‘mdan – 45 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kg qo‘y go‘shti uchun poytaxtimizdagi «Farhod», «Mirobod», «Chorsu» bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 32 000 dan 42 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti - 42 000 dan 45 000 so‘mgacha.

Tovuq go‘shti

12 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida hamda Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000so‘mdan – 14 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Qoraqalpog‘istondagi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida va Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 20 000 so‘m.

Guruch

4 000 so‘mdan – 14 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida va Samarqand shahar «Siyob» dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 14 000 so‘m.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi «Chorsu» dehqon bozori, Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozori, Namangandagi «Sardoba» va Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 4 000 – 14 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i

8 000 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi Farxod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poyxtaxtda «Mirobod» dehqon bozorida qayd etilgan – 10 000 dan 12500 so‘mgacha.

Un

1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi «Farhod» bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm un uchun 2 200 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtimizdagi «Mirobod», «Farhod» va «Qo‘yliq» dehqon bozorlarida qayd etildi 1 750 – 3 350 so‘m.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un Buxoro Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 so‘mgacha.

Shakar

4 500 so‘mdan – 6 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahrining «Mirobod» hamda «Qo‘yliq» dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 200 so‘m.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 6 000so‘m.

Tuxum

350 so‘mdan – 700 so‘mgacha

Qiziq tomoni shundaki, bir dona tuxumning eng arzoni ham (350 so‘m) eng qimmati ham Toshkentdagi «Chorsu» dehqon bozorida qayd etilgan.


Kartoshka

1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi «Chorsu», Andijon markaziy dehqon bozori va Farg‘ona markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 so‘mdan – 2 500 so‘mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi «Chorsu» dehqon bozorida, Guliston shahri Markaziy dehqon bozori, Buxoro shahri Markaziy dehqon bozori va Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 – 3 000 so‘mgacha.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring