Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining ECTAA bosh assambleyasi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining ECTAA bosh assambleyasi o‘tkaziladi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Avval xabar berganimizdek, 6 mart kuni «ITB Berlin-2019» xalqaro turistik ko‘rgazmasi Germaniyada o‘z faoliyatini boshladi.

Ko‘rgazma doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchisi A. Akkulov Yevropa sayyohlik operatorlari va agentliklari assotsiatsiyasi (ECTAA) bosh kotibi janob Mishel de Bluyest bilan uchrashdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuv davomida Yevropada turizm industriyasining rivojlanish tendensiyalari, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va tashabbuslar shuningdek, hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, joriy yilning noyabr oyida Yevropa Ittifoqining milliy sayyohlik assotsiatsiyalari prezidentlari va rahbarlari ishtirokida ECTAA Bosh assambleyasini O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida hamda tashrif davomida Assotsiatsiyaga a’zo bo‘lgan har bitta davlat o‘zlarini yurtidagi milliy sayyohlik tashkiloti va markaziy OAVlarida yoritishilinishiga kelishib olindi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Ma’lumot uchun: ECTAA - Yevropa sayyohlik agentliklari va sayyohlar assotsiatsiyasi bo‘lib, 1961 yilda tashkil etilgan. Bad-Kreuznach (Germaniya) da 6 umumiy bozor tashkilotchilarining sayyohlik agentliklari va turoperatorlar milliy birlashmalari tomonidan tashkil etilgan. Yevropa Ittifoqi kengayishi paytida Assotsiatsiyaga boshqa milliy uyushmalar qo‘shilgan.

Hozirgi kunda ECTAA a’zolariga Yevropa Ittifoqining 27 ta davlati (Lyuksemburgdan tashqari) kiradi. Shuningdek, tashkilot Chernogoriya, Norvegiya va Shveysariya (Yevropadan), Tunis, Marokash, Malayziya va Isroil (xalqaro a’zolar sifatida) turistik agentliklari va turoperatorlarining ham milliy uyushmalari hisoblanadi.

Tuzilmaning asosiy o‘z ichiga oladigan faoliyat turlari bu - transport, iste’molchilar, turizm, soliqlar, ichki bozor va yo‘nalishlardir.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring