Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan «Yevro-6» yuqori sifatli dizel yonilg‘isi ishlab chiqarildi — «O‘zbekneftgaz»

O‘zbekistonda ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan «Yevro-6» yuqori sifatli dizel yonilg‘isi ishlab chiqarildi — «O‘zbekneftgaz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan neft-gaz sanoatidagi ishlar natijadorligi ta’minlash, neft mahsulotlarini diversifikatsiya qilish, iste’molchilarni sifatli neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, yuqori sifatli ekologik toza bo‘lgan dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish ishlari yo‘lga qo‘yildi hamda qisqa davrda ijobiy natijalarga erishildi.

Zavod mutaxassislari tomonidan gazoylni gidrotozalash qurilmasidagi reaktorning ish tartibi uchun eng yaxshi texnologik variantlarni tanlash yo‘li orqali jarayonni optimallashtirish bo‘yicha ishlar bajarildi. Bu esa o‘z navbatida, yuqori ekologik toifadagi dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni o‘zlashtirish imkonini berdi.

Shu tarzda, O‘zbekiston tarixida ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan «Yevro-6» rusumidagi ekologik toza dizel yonilg‘isini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

O‘z navbatida, O‘zDSt 989:2010 «YeVRO Dizel yoqilg‘isi. Texnik shartlar» talablariga javob beruvchi DT-EVRO-L-III-K5 (EVRO-6) markali dizel yoqilg‘isini seriyali ishlab chiqarish uchun Ts 16472899-044:2021 tashkilotining muvofiqlik sertifikati olindi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida «Yevro-6» rusumidagi ekologik toza dizel yonilg‘isini ishlab chiqarish muvaffaqiyatli davom ettirilib, 1150 tonna mazkur rusumdagi dizel ishlab chiqarilishga erishildi hamda birja savdolari orqali respublika iste’molchilariga taklif etildi.

Eslatib o‘tamiz, «Yevro-6» rusumidagi dizel yonilg‘isi ichki yonuv dvigatellarini atrof muhitga zararini kamaytirishga qaratilgan bo‘lib, tarkibida politiklik aromatik uglevodorodlar massa miqdori  esa 4,0 % dan ko‘p bo‘lmagani holda, oltingugurt massa miqdori 5 mg/kg (ppm)ni tashkil etadi.

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring