Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan o‘simlik yog‘i (paxta yog‘i) uchun aksiz solig‘i bekor qilindi

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan o‘simlik yog‘i (paxta yog‘i) uchun aksiz solig‘i bekor qilindi

Foto: «nuz.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan o‘simlik yog‘i (paxta yog‘i) uchun aksiz solig‘i undirilmaydi.

Shuningdek, texnik chigit endilikda mulkchilik shaklidan qat’i nazar paxta chigitini qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatiga va tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan mahalliy korxonalarga ham sotilishi mumkin. Ilgarigi tartibga asosan texnik chigit faqat «O‘zpaxtayog‘» AJning yog‘-moy korxonalariga va 23 ta hududiy boshqa korxonalarga sotilar edi.

Bundan tashqari endilikda paxta chigiti sheluxasi va shroti birja savdolarida erkin sotiladi. Muqaddam bunday tovarlar birja ustamalari va hajmlarni taqsimlash tartibi saqlangan holda sotilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring