Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Islom Karimovning Qashqadaryodagi haykali qachon ochilishi ma’lum

Islom Karimovning Qashqadaryodagi haykali qachon ochilishi ma’lum

Islom Karimovning Samarqanddagi haykali

Foto: «Sputnik»

Avval xabar berganimizdek, ayni damda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining muxbiri ham qatnashmoqda.

Yig‘ilishda Bosh vazir Abdulla Aripovning ma’lum qilishicha, Qashqadaryo viloyatida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali o‘rnatiladi. Qarshi shahri markaziga o‘rnatilayotgan haykal shu yilning 24 yanvarida ochilishi rejalashtirilmoqda.

Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyatining hokimi Zafar Ro‘ziyev ham so‘zga chiqqan. «O‘zidan avvalgi rahbarning nomini saqlash, obro‘sini ko‘tarish faqat mard rahbarlarning qo‘lidan keladi. Bu — mening emas, xalqimizning fikri. Hamma ham bunga qodir emas», — deb aytgan viloyat hokimi.

«Tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish kerak. O‘zim yubileydan ikki kun oldin borib uni ko‘raman», — dedi davlat rahbari yig‘ilishda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring