Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi (video)

O‘zbekistonda Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi (video)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasini taqdim etmoqda. Ushbu nufuzli anjuman Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tyapti.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizda kam ta’minlangan aholi soni 12-15 foizni (4,5-5 mln kishi) tashkil etadi. Oxirgi 2 yil ichida ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 1,3 barobarga ko‘paydi, nafaqalar miqdori 2 barobarga oshdi.

«Lekin kam ta’minlangan aholiga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to‘lash yoki ular miqdorini oshirish orqali ushbu muammo to‘liq yechilmaydi. Shuning uchun Jahon banki, BMTning Taraqqiyot Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga O‘zbekistonda Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi. Kambag‘alchilikning oldini olish maqsadida 700 mln dollar mablag‘ jalb etiladi», dedi prezident.

Murojaatnoma davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring