Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Koreya fuqarosi og‘ir jinoyat sodir etdi

O‘zbekistonda Koreya fuqarosi og‘ir jinoyat sodir etdi

Foto: «Tambov.mk.ru»

2021-yil 15-iyun kuni soat taxminan 04:00 larda 44 yoshli Janubiy Koreya Respublikasi fuqarosi Kim Dayeil (Kim Daeil) mast holatda Toshkent shahri Chilonzor tumani Do‘mbrobod 4-tor ko‘chasida joylashgan uylarning birida bo‘la turib, shu yerda bo‘lgan 40 yoshli yurtdoshi K.J. bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida o‘tkir tig‘li jismni J.Kimga qarata otib, tan jarohat yetkazgan. Natijada K.J. tan jarohatlari bilan RShTYoIMga olib borilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur xolat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Kim Dayeil (Kim Daeil)ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

16-iyun kuni jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Shu kuni D.Kimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring