Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qancha?

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qancha?

Foto: «Xabar.uz»

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2018-yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 mln 684 ming so‘mni tashkil etgan.

Bunda ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham qo‘shib hisoblangan. Ya’ni ushbu summa xodimning qo‘liga kelib tushgan summa emas, balki xalq tili bilan aytganda «nachisleniye» haqida gap ketmoqda, deya sharh berdi «Xushnudbek.uz» kanali.

Ta’lim sohasida 21 858ta muassasada 998,2 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 38,3 foizni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 11 trl 461 mlrd so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 29,0 foizni) tashkil etgan. Ta’lim sohasida o‘rtacha oylik — 1 mln 275 ming so‘m.

Sanoat iqtisodiy faoliyat turida 603ta korxonada 457,1 ming nafar (17,5 foiz) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 10 trl 495 mlrd so‘mni (26,5 foiz) tashkil etgan. Ushbu sohada o‘rtacha oylik — 2 mln 550 ming so‘m.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 1414ta muassasada 431,4 ming nafar (16,5 foiz) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 4 trl 215 mlrd so‘mni (10,7 foiz) tashkil etgan. Ushbu sohada o‘rtacha oylik — 1 mln 86 ming so‘m.

Moliyaviy va sug‘urta faoliyati iqtisodiy faoliyat turida 172ta muassasada 67,2 ming nafar (2,6 foiz) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 1 trl 943 mlrd so‘mni (4,9 foiz) tashkil etgan. Mazkur sohada o‘rtacha oylik — 3 mln 213 ming so‘m.

Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turida 203ta korxonada 115,7 ming nafar (4,4%) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 2 trl 458 mlrd so‘mni (6,2%) tashkil etgan. Mazkur sohada o‘rtacha oylik — 2 mln 361 ming so‘m.

Qaysi sohada oylik qanchaga oshgan?

2017 yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqi quyidagicha oshgan (ketma-ketlikda):

  • Sanoat — 28,6 foiz.
  • Moliyaviy va sug‘urta — 27,6 foiz.
  • Tashish va saqlash — 23,7 foiz.
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — 17,7 foiz.
  • Ta’lim — 17,1 foiz.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring