Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda o‘ta qashshoqlik shakli bartaraf etiladi

O‘zbekistonda o‘ta qashshoqlik shakli bartaraf etiladi

2030-yilgacha O‘zbekistonda o‘ta qashshoqlik shakli bartaraf etiladi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktyabrdagi «2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 841-son qarorida ushbu vazifa aniq belgilab berilgan. Bu haqda «Turon24» xabar bermoqda.

Ushbu vazifani bajarish uchun Iqtisodiyot, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Markaziy bank, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mas’ul etilgan.

Shuningdek, 2030-yilgacha kam ta’minlangan erkaklar, xotin-qizlar va barcha yoshdagi bolalarning ulushi kam ta’minlanishning barcha ko‘rinishlarida ikki barobarga qisqartiriladi.

2030-yilgacha butun aholining, jumladan, kam ta’minlangan va iqtisodiy himoyaga muhtoj shaxslar bazaviy zaxiralar (yer uchastkalari, yangi texnologiyalar, bank kreditlari va boshqalar)dan foydalanishlari ychyn iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlar, yangi texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar, mikromoliyalashtirish bilan ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring