Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda qoraytirilgan oynali avtomashinada yurishga ruxsat etildimi?

O‘zbekistonda qoraytirilgan oynali avtomashinada yurishga ruxsat etildimi?

Foto: O‘zA

So‘nggi paytlarda Toshkent ko‘chalarida oynalari qoraytirilgan avomobillar tez-tez ko‘zga chalinmoqda. Bu holatni ko‘rgan hamshaharlarimizda «qoraytirilgan oynali ulovda harakatlanish mumkin bo‘ldimi?» degan savol tug‘ilmoqda.

YHХB xodimlarining O‘zAga bergan ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 126-moddasida qoraytirilgan oynali avtomobilda harakatlanish taqiqlangani ko‘rsatilgan hamda qoidani buzgan haydovchiga nisbatan transport vositasi vaqtinchalik saqlash jarima maydoniga evakuatsiya qilinadi. Qoidani buzish eng kam ish haqining 1 barobari bilan jazolanadi. Agarda vaziyat yana takrorlansa, jarima eng kam ish haqining 2 barobarida belgilanadi. Ushbu qoida O‘zbekiston hududida harakatlanuvchi barcha avtomobil egalariga tegishli. Joriy yilda mazkur qoidani buzish holatlari sodir etilgan.

Qo‘shni davlatdan o‘z mashinasida tashrif buyurgan sayyohlar ham mazkur qoidaga amal qilishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasi chegarasida mamlakatga kirib kelayotgan xorijiy avtomashina egasiga ushbu qoidalar birinchi galda ogohlantiriladi va tushuntiriladi. Qoida buzilgan taqdirda, haydovchiga nisbatan tegishli chora ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududidagi elchixonalarga tegishli ulovlar mazkur qoida bilan cheklanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring