Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda san’at kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida komikslar tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekistonda san’at kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida komikslar tanlovi o‘tkazildi

Respublikadagi san’at kollejlari, xususan, Benkov nomidagi Respublika badiiy kolleji, Jizzax va Farg‘ona san’at kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida komikslar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov Yevropa Ittifoqi tashkilotining moliyaviy ko‘magi bilan «Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash» loyihasining STORIKRAFT - Birinchi hududiy innovatsion laboratoriya doirasida amalga oshirildi. «Chizilgan taqdirlar» nomini olgan tanlov O‘zbekistonning Toshkent shahri, Farg‘ona va Jizzax viloyatlari hamda Qozog‘istonning 3 ta hududida o‘tkazilib, unda 105 nafar yosh ijodkorlar faol ishtirok etishdi.

Loyiha rahbari Nargis Qosimovaning aytishicha, tanlovning asosiy maqsadi yosh avlod vakillari terrorizm va tajovuzkor ekstremizm ta’siri ostiga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning bu boradagi xabardorligini oshirishdan iborat. Loyiha yakunida g‘oliblarning real voqealar asosida yaratilgan komikslari video shaklga keltirilib, internetning yoshlar ko‘proq foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlariga joylashtiriladi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan barcha o‘quvchilar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlanib, faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring