Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda suv quvurlarining 35 foizi eskirgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda suv quvurlarining 35 foizi eskirgani ma’lum qilindi

Ichimlik suvi quvurlarning 35 foizi eskirgan, bu suv yo‘qotilishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda AOKAdagi brifingda «O‘zsuvta’minot» AJ boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov ma’lum qildi.

«Loyiha oldi o‘rganishlar va gidrogeologiya izlanishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishimiz kerak. Yangi loyihalar endi nafaqat viloyat kesimida, balki tuman va mahallalar kesimida tanlanadi. Bu loyihalar aholi, deputatlar bilan ko‘rib chiqiladi.

Hozirda juda ko‘p uy-joy mavzelari qurilmoqda. Lekin ularning qanchalik suv bilan ta’minlangani — jiddiy masala. Bu borada Qurilish vazirligi bilan birgalikda ishlaymiz, natijada samarasiz investitsiyalarga yo‘l qo‘ymaymiz.

Sohada tenderlarni o‘tkazish, pudrat tashkilotlarini tanlash jarayonlari shu yildan boshlab faqat onlayn o‘tkaziladi, inson omili to‘liq chiqariladi.

Eng katta muammolardan biri — suvning yo‘qotilishi. Quvurlarning 35 foizi eskirgan, ularni almashtirish kerak. Bu borada belgilangan vazifalar albatta bajariladi. Suv inshootlarida ham yangi, eneregiyatejamkor uskunalar o‘rnatiladi», — dedi «O‘zsuvta’minot» raisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida ichimlik suvi uchun tariflar oshayotgani xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring