Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda tadbirkorlar eksport shartnomasi tuzmasdan elektron savdo maydonchalarida oldi-sotdi qilish imkoniga ega bo‘ladi

O‘zbekistonda tadbirkorlar eksport shartnomasi tuzmasdan elektron savdo maydonchalarida oldi-sotdi qilish imkoniga ega bo‘ladi

Foto: «Pehutec»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Farmonga binoan, 2018-yil 1-iyundan tadbirkorlik sub’yektlari tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan internet tarmog‘idagi elektron savdo maydonchalari orqali tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. 

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ayrim tovarlar mazkur tartibdan mustasno.

Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali sotiladigan tovarlar aylanmasi ularning hajmidan qat’i nazar, chakana savdo hisoblanadi.

Farmonning to‘liq matni «O‘zA»da e’lon qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring