Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yangi vazirlik va uning tarkibida ikki agentlik tashkil etildi

O‘zbekistonda yangi vazirlik va uning tarkibida ikki agentlik tashkil etildi

2019-yil 28-yanvardagi Prezident farmoniga binoan, Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi negizida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi.

Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari:

  • yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish;
  • O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va boshqa ko‘p tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
  • xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatda o‘zaro samarali hamkorlikni amalga oshirish;
  • tashqi savdo sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimining samarali ishlashiga ko‘maklashish va boshqalar.

Vazirlik huzurida quyidagilar tashkil etildi:

  • Idoralararo bojxona-tarif kengashini tugatgan holda Tarif va notarif tartibga solish kengashi;
  • chet el investorlarini ma’lumotlar bilan ta’minlash va huquqiy ko‘mak berish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni hal etish, zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ularga xizmat ko‘rsatish uchun Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi;
  • mahalliy xomashyo negizida yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun ilg‘or xorijiy texnologiyalarni izlab topish va joriy etish, ilmiy ishlanmalarni ekspertiza qilish maqsadida Texnologik rivojlanish agentligi.

2 oy muddatda «O‘zbekoziqovqatxolding» XKni tugatiladi va ushbu sohada o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilot tuziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring