Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi yagona IT-maktabga kirish imtihonlari o‘tkazildi (foto)

O‘zbekistondagi yagona IT-maktabga kirish imtihonlari o‘tkazildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 25-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning 2019-2020 o‘quv yili uchun 5-sinfga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Avval xabar qilinganidek, 10-23-avgust kunlari ixtisoslashtirilgan maktab 5-sinfiga o‘quvchilar hujjatlari qabuli amalga oshirdi.

24-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida barcha ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar uchun maslahat kuni bo‘lib o‘tdi. Unda jami 589 nafar talabgor qatnashdi.

25-avgust kuni esa matematika va ingliz tillaridan kirish imtihonlarini tashkil etildi. Imtihonlar 2 soat davom etdi.

Imtihon jarayonini kuzatish uchun Janubiy Koreyadagi Inha universiteti mutaxassislar taklif qilindi. Har bir imtihon auditoriyasidan jonli efir yo‘lga qo‘yildi. Bu maktab o‘quvchilarining ota-onalariga va barchaga jarayonni onlayn ravishda kuzatish imkonini berdi. Kirish imtihonlari natijasida 589 nafar talabgordan 60 nafari ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident qarori bilan tashkil etilgan ushbu ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot texnologiyalardan keng foydalangan holda matematika, fizika, informatika va chet tillaridan chuqurlashtirilgan bilim oladilar. Maktabda darslar davlat tilida olib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring