Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga Mo‘g‘ilistondan go‘sht olib kelinishi mumkin

O‘zbekistonga Mo‘g‘ilistondan go‘sht olib kelinishi mumkin

Foto: «Asia Russia Daily»

Veterinariya davlat qo‘mitasi tomonidan «Mo‘g‘iliston Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Loyihadan Mo‘g‘iliston Respublikasidan O‘zbekistonga go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda boshqa zarur turdagi xom-ashyolarni olib kelishni tashkil etish chora-tadbirlari ham belgilangan.

Hujjatda «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Mo‘g‘iliston Respublikasiga havo yo‘llari koridorini bir oy muddatda tashkil etishi hamda mahsulotlarni tashish va ushbu davlatdan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini olib kelishda ko‘rsatiladigan xizmatlarni maqbul narxlarda amalga oshirishi qayd etilgan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring