Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga «Tatneft» AYQShlari tarmog‘i kirib kelishi mumkin

O‘zbekistonga «Tatneft» AYQShlari tarmog‘i kirib kelishi mumkin

Foto: «RIA Novosti»

Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasi O‘zbekistonda yoqilg‘i qo‘yish shahobchalarini qurishni rejalashtirmoqda. Birinchi bosqichda  Toshkent viloyatida 22 ta AYQSh quriladi, deb xabar bermoqda «Sputnik».

«Tatneft»ning ushbu loyihasi 2019 yilning bahor oyida boshlanadi. Qayd etilishicha, «Tatneft» O‘zbekistondagi AYQShlariga o‘z yoqilg‘isini yetkazib beradi. Tayyor mahsulotlarini saqlash uchun «O‘znefteprodukt» AJ rezurvuarlarini ijaraga oladi.

«Tatneft» — Rossiya neft kompaniyasi hisoblanadi va u 1950 yili tashkil qilingan. Kompaniya shtab-kvartirasi Almetevsk  shahrida (Tatariston) joylashgan. Rossiyada neft qazib olish bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring