Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik avtotashuvchilar endi Turkiyaga vizasiz kiradi

O‘zbekistonlik avtotashuvchilar endi Turkiyaga vizasiz kiradi

Foto: «Google.com»

O‘zbekistonlik avtotashuvchilar Turkiyaga 30 kun muddatga vizasiz kirish tartibi joriy qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi xabar berib o‘tdi.

Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga tashrifi chog‘ida 2017-yil 25-oktabr kuni imzolangan Yo‘lovchi va yuklarni avtomobillarda xalqaro tashuvlar to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni amalga oshirish doirasida qabul qilindi. Unga ko‘ra Turkiya hukumati tomonidan O‘zbekiston avtotashuvchilari uchun Turkiyaga 30 kun muddatga vizasiz kirish tartibi joriy qilindi.

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 9-may kuni tegishli qarorga imzo chekdi va u 2019-yilning 10-mayidan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring