Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik mutaxassisga jahon chempionatining yana bir uchrashuvi ishonib topshirildi

O‘zbekistonlik mutaxassisga jahon chempionatining yana bir uchrashuvi ishonib topshirildi

Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga O‘zbekiston birinchi marta bosh hakam, laynsmenlar, hakamlar nazoratchisi va uchrashuv komissaridan iborat to‘liq tarkibda tashrif buyurgan.

O‘zbekistonlik hakamlar nazoratchisi Farhod Ablullayev shu kunga qadar JCh-2018 guruh bosqichidan o‘rin olgan Portugaliya – Marokash bellashuvida ishlagani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Endilikda u 1/8 finaldan o‘rin olgan Kolumbiya - Angliya uchrashuviga hakamlar nazoratchisi sifatida tayinlandi.

Ushbu o‘yin 3-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. Kolumbiya - Angliya uchrashuvini AQSh mamlakatidan tashrif buyurgan Mark Geyger boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring