Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik qilichboz jahon chempionatida 38-o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik qilichboz jahon chempionatida 38-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Italiyaning Verona shahrida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar va kadetlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi sayti xabariga ko‘ra, Buenos-Ayresdagi III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik yosh qilichbozlar ham ishtirok etmoqdalar.

Chempionatda shamshir yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qilgan Fayzulla Alimov musobaqadagi chiqishini yakunladi. U yakkalik bahslarida qatnashib, 205 nafar sportchi orasida 38-natijani qayd etdi.

Sportchilarimiz endi rapira va qilich yo‘nalishlarida o‘z omadlarini sinab ko‘radilar. Ertaga, 4-aprel kuni qilich yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi musobaqada Aysulu Usnatdinova bahslarga kirishadi. 5-aprel kuni kadetlar o‘rtasida qilich yo‘nalishida bellashuvlar start oladi. Unda Zaynab Dayibekova, Sevinch Ismoilova, Sherzod Mamutov, Jaloliddin Dushamboyev va Pazilbek Genjebayevlar qilichbozlik yo‘lakchasida o‘z mahoratlarini namoyish etadilar.

Ertasiga ular jamoaviy bahslarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar. 7-aprel kuni esa rapirachimiz Umida Ilyosova yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring