Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli samolyot favqulodda qo‘ndirildi

O‘zbekistonlik yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli samolyot favqulodda qo‘ndirildi

Samaradagi Kurumoch xalqaro aerporti.

Foto: «Progorodsamara»

Bugun Toshkent — Sankt-Peterburg yo‘nalishida parvoz qilgan samolyot Samaradagi Kurumoch xalqaro aerportiga favqulodda qo‘ndirilgan. Bu haqida «Volga.news» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bortida bo‘lgan 60 yoshli o‘zbekistonlik fuqaroning sog‘lig‘i yomonlashgani sabab samolyot majburiy qo‘ndirilgan. Sankt-Peterburgga operatsiya uchun uchib ketayotgan fuqaroning qon bosimi pasayib ketgan.

Kurumochda bemorga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgan, shundan so‘ng u aeroportda qoldirilgan. Samolyot esa o‘z yo‘nalishida parvozni davom ettirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring