Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar Qozog‘istonga qanday kasalliklarni davolash uchun borayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonliklar Qozog‘istonga qanday kasalliklarni davolash uchun borayotgani ma’lum bo‘ldi

Foto: «Forbes.kz»

Qozog‘istondagi Respublika sog‘liqni saqlash markazi direktori o‘rinbosari Ayman Iskakova qo‘shni mamlakat fuqarolari Qozog‘iston klinikalariga asosan qanday kasalliklarni davolash maqsadida kelishayotgani haqida so‘zlab berdi.

Iskakova aytishiga qaraganda, har yili 20 mingdan ortiq kishi Qozog‘istonga tibbiy turist sifatida kelmoqda. Ularning aksariyati Rossiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridir. Tibbiy turistlarning katta qismi sanatoriya va kurortlarda dam olish maqsadida keladi, lekin murakkab jarrohlik operatsiyalari o‘tkazish uchun tashrif buyurayotganlarning ham soni ko‘p.

Iskakovaning aytishicha, tibbiy turistlar asosan Olma-Ota va Ostona shaharlariga kelishadi, chunki ushbu shaharlardagi klinikalarda jahon standartlariga mos keladigan tibbiy xizmatlar taklif qilinmoqda.

Davolanish uchun kelayotgan xorij fuqarolari orasida eng ommaviy bo‘lgan xizmatlar: birinchi navbatda — kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, ortopediya, sun’iy urug‘lantirish, onkologiya va transplantologiyadir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring