Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning xorijdagi muassasalari xodimlari ish haqlari oshiriladi

O‘zbekistonning xorijdagi muassasalari xodimlari ish haqlari oshiriladi

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi.

Foto: «Wikimedia.org»

Avval xabar berganimizdek, kecha, 5-aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingan edi. Hujjatda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari xodimlarining ish haqlari oshirilishi belgilangan.

Farmonda qayd etilishicha, moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ishlab turilgan mamlakatda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, tovarlar, ishlar (xizmatlar) qiymati indeksatsiyasini, shuningdek, valyuta kursining o‘zgaruvchanligini o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari xodimlarining ish haqlarini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur islohotlar 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi vazifalariga muvofiq amalga oshirilmoqda.


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring