Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekkino» huzurida yangi studiya tashkil etiladi, mavjud ikkitasi qayta nomlanadi

«O‘zbekkino» huzurida yangi studiya tashkil etiladi, mavjud ikkitasi qayta nomlanadi

Foto: «Uzbekistan24.uz»

2017-yil 28-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekkino» milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 1030-sonli qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi «Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Z176-son qarori ijrosini bajarish yuzasidan qabul qilingan mazkur qarorga muvofiq:

— Agentlik huzurida «Multiplikatsion filmlar studiyasi» davlat unitar korxonasini tashkil etish;

— Agentlik tizimiga kiruvchi:

«O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi» MChJni «Hujjatli filmlar kinostudiyasi» davlat unitar korxonasiga aylantirish;

«Yoshlar tajriba-ijodiy 5-studiyasi» davlat korxonasini «Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi» davlat unitar korxonasi sifatida qayta nomlash ko‘zda tutilgan.

Qarorda «O‘zbekkino» milliy agentligi — kinematografiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanishi alohida qayd etilgan va uning tashkiliy tuzilmasi, Nizomi, O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi Ustavi tasdiqlangan.

Ushbu qarorning qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring