Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekkonsert» jonli ijroda kuylovchi xonandalarni ochiq maydonga chaqiradi

«O‘zbekkonsert» jonli ijroda kuylovchi xonandalarni ochiq maydonga chaqiradi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tashabbusi bilan joriy yilning 29 sentyabr kuni soat 19:00 da poytaxtdagi «Xalqlar Do‘stligi» san’at saroyi yonidagi bayroq ostida jonli ijroda gala konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Konsert xalq sayli tarzida o‘tkazilib, uni tomosha qilish bepul, deb xabar bermoqda «O‘zbekkonsert» axborot xizmati.

«Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan, jonli ijro etishni yaxshi ko‘radigan, san’atsevar o‘zbek xalqiga o‘z qo‘shiqlarini taqdim etishni istagan barcha xonandalar ushbu konsert dasturida ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun muassasaga kelib uchrashishlari kerak bo‘ladi. Ayni damda unda yoshlar qo‘shiqlarini sevib tinglaydigan 10 nafar estrada xonandasi ishtirok etish istagini bildirdi», - deyiladi muassasa xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring