Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftegaz» ichki bozorga tabiiy gazni to‘liq yetkazib berish uchun xorijdan investor qidirmoqda

«O‘zbekneftegaz» ichki bozorga tabiiy gazni to‘liq yetkazib berish uchun xorijdan investor qidirmoqda

Foto: Gh.net.ua

O‘zbekiston joriy yilda energetika sohasidagi kamida uchta yirik xorijiy kompaniyalar bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Kelasi yil esa yana beshta shunday kelishuvga erishish ko‘zda tutilgan. «O‘zbekneftegaz» AJ boshqaruv raisi Baxodirjon Sidiqov bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston tabiiy gaz ishlab chiqarishni jiddiy ravishda ko‘paytirmoqchi.

Toshkentda o‘tkazilgan energetika anjumanida Baxodir Sidiqov sohani tadqiq etish va rivojlantirish uchun ehtimoliy hamkorlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Ushbu ro‘yxatdan BP (BP.L), Total (TOTF.PA), Azerbaijan’s SOCAR, Russia’s Rosneft (ROSN.MM) va Novatek (NVTK.MM) o‘rin olgan.

Sidiqovning aytishicha, ehtimoliy investorlar ishlab chiqariladigan mahsulotning barchasini eksportga yo‘naltirish kafolatini talab qilyapti. Ammo Toshkent ularga «loyiha iqtisodiy ma’noga ega bo‘ladigan darajada» narx taklif etmoqda.

«Bizda bir nechta loyihalar bor. Agar siz xalqaro narxlardan foydalanadigan bo‘lsangiz, ushbu loyihalar ichki daromad normasining 60 foizini qo‘lga kiritish imkonini beradi. Hech kim bunday natijani kutmayapti», — deydi Sidiqov.

Qanday miqdorda daromad olish mumkinligi haqidagi savolga Sidiqov: «11 foizdan 15-16 foizga qadar», deya javob berdi.

Mutasaddining ta’kidlashicha, kelasi yilda Toshkent yana beshta shartnoma imzolashni rejalashtirgan. Sidiqovning ma’lum qilishicha, 32 million aholiga ega O‘zbekistonda boy tabiiy resurslar bor. Ammo shu vaqtga qadar barcha geologik ma’lumotlar qog‘ozdagina mavjud bo‘lgan. Ushbu ma’lumotlar faqat rus tilida ekani esa qo‘shimcha muammo keltirib chiqaradi. Ayni vaqtda O‘zbekiston Schlumberger kompaniyasi bilan hamkorlikda geologik ma’lumotlarning raqamli bazasini yaratish ustida ish olib boryapti.

«O‘zbekneftegaz» yiliga 42 milliard metr kub gaz qazib oladi (O‘zbekiston bo‘yicha umumiy miqdor 63 milliard metr kub). Aksionerlik jamiyati ichki bozorda tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplash uchun kelasi yilda gaz qazib olishni 4-5 milliard metr kubga yetkazishni rejalashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring