Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» Ai-92 benzinini Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Qashqadaryoda sotuvga chiqardi

«O‘zbekneftgaz» Ai-92 benzinini Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Qashqadaryoda sotuvga chiqardi

«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati «UNG Petro» MChJ tomonidan neft mahsulotlarini sotish hajmini oshirish bo‘yicha Ai-92 benzin sotuvi Farg‘ona vodiysi bo‘ylab yo‘lga qo‘yilganligi haqida ma’lum qilingan edi.

Ayni paytda Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ham Ai-92 rusumli yuqori sifatli benzinni iste’molchilarga sotish tashkil etildi. Kompaniyaning ushbu viloyatlaridagi 10 ta avtomobillarga yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalarida mahsulotlar iste’molchilarga sotilmoqda.

Ta’kidlash joizki, «UNG Petro» Ai-92 rusumli benzinni boshqa kompaniyalarga nisbatan 14-15%ga arzonroq sotishni yo‘lga qo‘ydi.

Agar sizda «O‘zbekneftgaz» AJga qarashli AYoQShlarda sotilayotgan yoqilg‘ining sifati va narxi bilan bog‘liq murojaat yoki fikr-mulohazalar bo‘lsa, telegram kanaldagi @UNG_Petro_Bot orqali bildirishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring