Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekoziqovqatxolding» eksportbop barcha piyozni sotib olishga va’da berdi

«O‘zbekoziqovqatxolding» eksportbop barcha piyozni sotib olishga va’da berdi

Foto: «Gazeta.uz»

«Xabar.uz»da dehqonlarimiz yetishtirgan piyoz hosili nobud bo‘layotgani va uning oqibatlari xususida turkum maqolalar chop etilgan edi.

Xususan, «O‘zbekoziqovqatxolding» piyoz ekkan fermerlarni aldadi(mi?)» nomli maqolada kompaniya vakillari dehqonlarga bergan va’dasini bajarmayotgani bayon etilgan edi.

Shundan so‘ng «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi matbuot xizmati xodimi Umid Ro‘ziyev biz bilan bog‘landi hamda mazkur material va kelajakdagi rejalar yuzasidan izoh berdi.

— Kompaniyamiz 1200 so‘mdan eksportbop piyozni sotib olishini ma’lum qilgan edi. O‘zi piyozning haqiqiy tannarxi 590 so‘m. Hududlarda yetishtirilgan barcha mahsulot ham eksport talablariga javob  bermaydi. Biz eksportga yaraydigan mahsulotning hammasini sotib olamiz.

Hududlar masalasiga kelganda biz viloyat hokimliklari taqdim etgan ro‘yxat asosida mahsulotlarni sotib olamiz. Hozir eksport bilan shug‘ullanuvchi xodimlarimiz ular bilan hamkorlikda ishlamoqda. Dehqonlar ular bilan bog‘lanib, eksportbop mahsulotga qo‘yilgan talablarni bilib olishlari mumkin. Tez orada 670 tonnalik ikkinchi eksport vagoni tayyor bo‘ladi.

Hududlarda eksportga yaraydigan mahsuloti bo‘la turib qolib ketayotgan dehqonlar  (371) 159-29-29 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring